Янгиликлар /

Evans «Everton» tarkibiga o‘tadimi?

Мақола нашр қилинди

Britaniyaning bir qator OAV lari shuningdek  The Telegraph va The Guardian nashlari xabar berishicha, «Manchester Yunayted» himoyachisi  Jonni Evans «Everton» tarkibiga qo‘shilishga yaqin turibdi.

Shimoliy Irlandiyalik 27 yoshli futbolchi tez orada «Everton» bilan shartnoma imzolashi mumkin, futbolchi uchun jamoa 8 million funt taklif qilmoqda.

Futbolchining «Qizi iblislar» bilan tuzgan shartnomasi kelasi yil yozda o‘z nihoyasiga yetadi, jamoa hozircha futbolchia yangi shartnoma taklif qilmagan. Futbolchi hozirda jamoa a'zolari bilan AQSh dagi turneda ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan.

«Everton» Evansga jamoani tark etgan himoyachi Silven Distenga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.