Sietlda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar Lui van Galdan hujumchi van Persi yuzasiadan izoh so‘rashdi. Jamoalar hali tovon puli borasida kelishuvga ershimagan bo‘lsalarda Robin van persi «Fenerbaxche» bilan 3 yillik shartnomani imzolab bo‘lgan.
Robin van Persi mavsum so‘ngidayoq jamoani tark etishi mumkunligi va u bu qarorga kelish ancha qiyin bo‘lganligi xaqida aytib o‘tgandi, deydi BOSS.
«Mavsum so‘ngida suhbatlashgandik, uni nima kutayotganini u bilardi – van Gal so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sports. – Birga golf o‘ynaganimizda uni «Yunayted»dagi istiqboli haqida gaplashgandik lekin u qaror qabul qilib bo‘lgandi. Bu qarorni qabul qilish juda og‘ir bo‘ldi».
«O‘ylaymanki u to‘gri qaror qabul qildi. Gollandiya terma jamoasi murabbiyligi paytimda Dark Kuytni o‘yini kuzatish uhcun tez-tez «Fenerbaxche»ga tashrif buyurardim, har doyim meni iliq kutib olishardi».
«Robin van Persiga bu mexmondo‘stchilik yoqadi deb o‘ylayman. Men unga omad tilayman».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.