Янгиликлар /

Van Gal:Valdes buni hohlamadi

Мақола нашр қилинди

AQSh turnesida ishtirok etayotgan «Manchester Yunayted» jamoasi ishtirokida dastlabki matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan bosh murabbiy  Lui van Gal darvozabon Viktor Valdes borasidagi o‘z fikrlari aytib o‘tdi.

«Valdes bizning falsafamizga mos kelmasligi tufayli biz bilan safarga chiqmadi. Bunday o‘yinchiga tarkibda joy yo‘q».

«U mavsum o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynashdan bosh torti. Shuningdek, «MYu» darvozaboni qilishi lozim bo‘lgan ishlarni ham bajarmadi. Agarda sen bu qarashlarga rozi bo‘lmasang, jamoadan ketganing ma'qul».

«Viktor jamoa falsafasi bo‘yicha ishlashiga umid qilgan edik. Jismoniy holatini tiklash uchun sharoit yaratdik, unga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berdik, u bilan shartnoma tuzdik. Asosiy tarkibda o‘ynay olmagan darvozabon o‘rinbosarlar tarkibida maydonga tushishi lozim edi. Lekin u buni hohlamadi», — deydi murabbiy.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.