Янгиликлар /

Romero «MYu» safiga o‘tadi

Мақола нашр қилинди

Sky Sport Italia nashri xabariga ko‘ra Argentina terma jamoasining 28 yoshli darvozaboni Serxio Romero «Manchester Yunayted» jamoasi safiga qo‘shilishga yaqin turibdi. Romero xozirda AQSh ning Sietl shahrida bo‘lib turibdi. «Qizil iblislar» ham hozirda yangi mavsumga tayyorgarlikni aynan shu shaharda olib bormoqda.

Romero tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tib yangi jamoasi safiga qo‘shilishi kutilmoqda.
Romero «Old Trafford» ga jamoani tark etishi kutilayotgan Viktor Valdes o‘rnini egallashi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Argentinalik darvozaboning «Sampdoriya» jamoasi bilan tuzgan shartnomasi 1 iyulda o‘z nihoyachiga yetgan shu sababli futbolchi erkin agent sifatida jamoaga qo‘shiladi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.