Янгиликлар /

LVG: Ernandesga imkoniyat beriladi

Мақола нашр қилинди

 «Yunayted» bosh murabbiyi Lui Van Gall jamoa hujumichi Xaver Ernandesga o‘zini ko‘rsatish uchun imkoniyat berish niyatida ekanligiki aytib o‘tdi. Chicharito jamoa tarkibida bugugna qadar 154 ta ychrashuvda maydonga tushib  raqib darvozalarini 59 marotaba aniq nishonga olgan. O‘tgan mavsumda futbolchi ijara asosida Madridning «Real» jamoasida to‘p surgan

«Chicharito jamoa tarkibiga 25 iyuldan qo‘shiladi. Falkao va van Persi jamoani tark etishgach uning imkoniyatlari oshdi»,- deydi Van Gal matbuot anjumanida.

Shuningdek, jurnalistlar jamoaning hujum chizig‘ida yuzaga kelgan kamchiliklar yuzasidan bosh murabbiy fikri bilan qiziqishdi. «Yo‘q, muammo yo‘q, Runi hujum markazida juda yaxshi o‘ynay oladi, shuningdek Chicharito ham bor, Uilson esa bu mavsumda ko‘pchilikka sovg‘a ko‘rsatishi mumkin. Vaziyat davom etmoqda. Shunday ekan men ushbu chiziqdan havotirda emasman».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.