Lui van Gall jamoa o‘yinchilari David De Xea va Antonio Valensiya AQSh da o‘tayotgan turne doirasidagi «San-Xose» ga qarshi kechadigan uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishini tasdiqladi. Ikkala futbolchi ham Meksikaning «Amerika» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvni ham o‘tkazib yuborishgan edi.
«Ikkala futbolchida ham kichik jarohat bor, ular bugun shifokor ko‘rigida bo‘ladilar. Aniq ular ertaga maydonga tusha olmaydilar, o‘ylashimcha biroz yana kutishimiz kerak», — deydi van Gal «San-Xose» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvdan oldin tashkil qilingan matbuot anjumanida.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.