Янгиликлар /

Runi «Everton» safida maydonga tushadi

Мақола нашр қилинди

Kelasi oyda «Manchester Yunayted» sardori Ueyn Runi yana bir bor «Everton» safida maydonga tushadi. Bu haqida The Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Runi «Everton» jamoasining sobiq hujumchisi Dankan Fergyusonning xayrlashuv uchrashuvida ishtirok etish uchun taklif qilindi. Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi 2 avgust kuni «Gudison Park»stadionida bo‘lib o‘tadi unda «Everton» Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

«Liverpul chekkasida voyaga yetgan mendek yigit uchun Dunkan Fergyuson haqiqiy qahramon edi. «Everton»ning yoshlar jamoasida o‘ynab yurgan vaqtlarim, u meni ruhlantirardi va menga xaqiqiy na'muna edi. Asosiy tarkibga o‘tganimda esa u menga juda ko‘p yordam berardi», — dedi Runi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.