KUN: «Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal rahbariyatdan darvozabon David de Xeaning «Real»ga o‘tishi masalasini tezroq hal qilishini so‘ramoqda.
As nashri ma’lumotiga ko‘ra, gollandiyalik murabbiy ispaniyalik darvozabonni xohishiga qarshi ushlab turishni istamayapti va tomonlar bu transfer masalasida muzokaralarni tiklashini istayapti.
O‘z navbatida «MYu» rahbariyati, xususan vitse-prezidenti Ed Vudvort de Xeaning sotilishiga qarshilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «MYu» «Real» himoyachisi Serxio Ramosni olmoqchi va shu transfer amalga oshgan taqdirdagina de Xeani Madridga qo‘yib yuborishi mumkinligini bildirgan. Shuningdek, bu transferlarning davomi sifatida Keylor Navas «Real»dan «MYu»ga o‘tishi rejalashtirilgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.