Янгиликлар /

Yang sharnomasini uzaytiradimi?

Мақола нашр қилинди

Britaniya OAV lari xabariga ko‘ra  «Yunayted» yarim himoyachi Eshli Yang bilan shartnomani uch yilga uzaytirish borasida taklif bilan chiqqan.

Xabar qilinishicha, yangi shartnomaga ko‘ra Yang haftasiga 120 ming funt sterling maosh oladi. Uning amaldagi shartnomasi 2016 yilning yozida o‘z yakuniga yetadi shu sababdan jamoa rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.

Eslatib o‘tamiz, Eshli Yang o‘tgan mavsumda Angliya Premer ligasida 26 uchrashuvda maydonga tushib 2 ta gol kiritgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.