Янгиликлар /

De Xea shu haftada Ispaniyaga qaytadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea shu haft so‘ngiga qadar jamoani tark etadi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning Marca nashri.

Xabarda keltirilishicha ispaniyalik darvozabon «Real» safiga o‘tishi aniq. Madridliklar Angliya Premer-ligasi startiga qadar transferni rasman amalga oshirish niyatida.

«Yunayted» bosh murabbiyi Lui van Gal ham De Xea jamoadan ketishini tushunib turibdi va uni tarkibda ushlab qolmoqchi emas. Futbolchining o‘zi ham kuchini «Real Madrid» jamoasida sinab ko‘rish niyatida.  

Ma'lumotlarga ko‘ra «Yunayted» rahbariyati darvozabon uchun 30 million funt mablag‘ talab qilmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.