Янгиликлар /

Runi yana «Everton» libosida

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Dankan Fergyusonning hayrlashuv uchrashuvida «Everton» jamoasi safida maydonga tushdi.

2 avgust kuni «Gudison Park» stadionida Dankan Fergyusonning hayrlashuv uchrashuvi sifatida tashkil etilgan uchrashuvda «Everton» jamoasi Ispaniyaning «Vilyarreal» jamoasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda 2-1 hisobida «Vilyarreal» jamoasi g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limida Ueyn Runi sobiq jamoadoshi Toma Kleverli o‘rniga maydonga tushdi. Uchrashuvdan so‘ng Runi Everton TV telekanaliga qisqa intervyu berdi.
 
«Men «Everton» muxlislarining shodligini ko‘rib xursand bo‘ldim. Ular menga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishini bilmagan edim va meni «Everton» libosida ko‘rish barcha uchun, shuningdek farzandlarim uchun ham yoqimli bo‘ldi. Bu libos menga yaxshi xotiralarni eslatdi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.