Янгиликлар /

Rafael: 8 yil uchun barchaga rahmat!

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» himoyachisi Rafael Da Silva Fransiyaga yo‘l oldi. Futbolchi «Lion» jamoasi bilan muzokaralarni o‘z nihoyasiga yetkazadi. Rafael Angliyada o‘tkazgan yillari uchun barchaga minatdorchilik maktubini qoldirdi.

«Men «Manchester Yunayted» muhlislariga jamoani yaxshi ko‘rganlari uchun rahmat aytmoqchiman. 8 yil mobaynida birga bo‘ldik. Jamoa bilan ilk shartnomamni imzolaganimdan so‘ngi ko‘plab ajoyib vaziyatlarni birgalikda o‘tkazid. Shu 8 yil ichida buyuk jamoaning futbolkasini kiyishga muyassar bo‘ldim. Rahmat, «Manchester Yunayted»!».

«Shuningdek jamoaning barcha xodimlariga menga bergan e'tiborlari uchun rahmat aytmoqchiman. Rahmat, Buyuk Britaniya! Men bu mamlkatda ko‘p narsani o‘rgandim, ham futbolchi ham insoniylik tarafdan. Buning barchasi hayotimning so‘ngiga qadar menda saqlanib qoladi».

«Rahmat, ser Aleks Fergyuson, menga ishonganiz va meni imkon berganiz uchun. Endi men yangi yo‘lda turipman, yangi chaqiriq oldim. Barchasi uchun rahmat».

Xabarlarga ko‘ra futbolchi «Lion» jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzolagan.

«Lion» jamoasining tvitterdagi rasmiy sahifasi ham futbolchi jamoa tarkibiga qo‘shilganini rasman tasdiqlagan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.