Jamoa yarim himoyachi Eshli Yang bilan shartnomani uzaytirdi. Endilikda futbolchi «Old Trafford» da 2018 yil yoziga qadar to‘p suradi. Shuningdek, yana shartnomasini bir yilga uzaytirishi ham mumkin. Bu haqida jamoa rasmiy sayti xabar tarqatdi.
30 yoshli Yang «Yunayted»tarkibida 2011 yildan beri to‘p suradi. Shu kunga qadar futbolchi 115 uchrashuvda maydonga tushib 13 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan. Jamoa bilan birgalikda 2012-13 mavsumda chempionlikni qo‘lga kiritgan.
«Biz Eshli jamoa bilan shartnoma imzolaganidan xursandmiz. U juda unversal o‘yinchi. U o‘tgan mavsumda qanot himoya-yarim himoya chizig‘ida ajoyib ishonchli o‘yin ko‘rsatdi. Eshli doimo professional ish olib boradi va jamoa kiyinish xonasida boshqalarga yaxshi ta'sir ko‘rsata oladi»,- dedi Lui van Gal.
«Jamoa bilan yangi shartnoma imzolaganimdan xursandman. Xozirda jamoada ruhiyat hamda motivatsiya juda yuqori darajada va biz ushbu mavsum esda qolarni bo‘lishi yo‘lida xarakat qilamiz. Men futbol o‘ynashni orzu qilar edimva jaxoning yang yaxshi jamoasida to‘p surmoqdaman bu men va oilam uchun ko‘p narsani anglatadi»,- dedi Eshli Yang.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.