Янгиликлар /

«Yunayted» ning ECHLdagi raqibi «Bryugge»

Мақола нашр қилинди

Shveytsariyaning Non shahrida Chempionlar Ligasi saralash pley-off bosqichiga qura tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra «Manchester Yunayted»  belgiyaning «Bryugge» jamoasi bilan kuch sinashadi. Qur'a natijasiga ko‘ra qolgan juftliklar quyidagi ko‘rinishda o‘rin olishdi. 

«Valensiya»- «Monako»

«Latsio» — «Bayer»

«Rapid» — «Shaxtyor»

«Sporting» — «SSKA»

«Astana» — APOEL

«Skenderbeu»  — «Dinamo» Zagreb

«Seltik»- «Malme»

«Bazel» — «Makkabi» Tel-Aviv

BATE  — «Partizan»

Ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra g‘olib bo‘lgan jamoalar Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishadi, mag‘lub bo‘lganlar esa Evropa ligasi guruh bosqichiga yo‘l oladi.

Dastlabki uchrashuvlar 18-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tsa, javob bahslari 25-26 avgust kuniga belgilangan. 

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.