Янгиликлар /

«Yunayted» raqiblari aniq bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

Monako shahridagi Grimaldi Forum anjumanlar saroyida yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining 2015/2016 yillar mavsumi guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, bu bosqichga yetib kelgan 32ta jamoa nomlari yozilgan sharlar oltitadan 4 ta savatchaga joylashtirildi va yakunda sakkizta guruhni hosil qilishdi.
Qayd etish kerakki, yangi qoidaga ko‘ra yangi mavsumda o‘tgan yili yevropa ligasi g‘olibi bo‘lgan «Sevilya» ham yeChLda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Bu orqali guruh bosqichida ispan jamoalari soni 5 taga yetgan («Barselona», «Real», «Atletiko», «Valensiya» va «Sevilya»). Shuningdek, Rossiya va Ukraina jamoalari bitta guruhdan joy olishmadi.

«Manchester Yunayted» qur'a natijalariga ko‘ra «B» guruhidan o‘rin oldi. Guruhda shuningdek Gollandiyaning PSV, Rossiyaning SSKA va Germaniyaning  «Volfsburg» jamoalari joy olishgan.

Guruh bosqichining dastlabki turi 15-16 sentyabr kunlari, oxirgi tur o‘yinlari esa 8-9 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Qur'a natijalari bilan tanishing:

«A» guruhi — PSJ, «Real», «Shaxtyor», «Malme».
«B» guruhi — PSV, «Manchester Yunayted», SSKA, «Volfsburg»
«C» guruhi — «Benfika», «Atletiko», «Galatasaroy», «Astana».
«D» guruhi — «Yuventus», «Manchester Siti», «Sevilya», «Borussiya» (Menxengladbax).
«E» guruhi — «Barselona», «Bayer», «Roma», BATE
«F» guruhi — «Bavariya», «Arsenal», «Olimpiakos», «Dinamo» (Zagreb)
«G» guruhi — «Chelsi», «Portu», «Dinamo» (Kiev), «Makkabi»
«H» guruhi — «Zenit», «Valensiya», «Lion», «Gent»

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.