Tunda Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasining so‘nggi saralash — pley-off bosqichi o‘yinlarining javob bahslari nihoyasiga yetdi. Yakuniy guruh bosqichiga yo‘l olgan jamoalarning barchasi ma'lum bo‘ldi.
Jamaolar 4 savatchaga bo‘linishgan. Qur'a orqali jamoalar sakkizta guruhga ajratiladi.
Qur'a tashlash ma'rosimi 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 20-45 da Fransiyaning Monako shahrida bo‘lib o‘tadi.
Jamoalar savatchalarda quyidagicha o‘rin olishgan:
Birinchi savatcha:
«Barselona», «Chelsi», «Bavariya», «Yuventus», «Benfika», «PSJ», «Zenit», PSV.
Ikkinchi savatcha:
«Real», «Atletiko», «Portu», «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Valensiya», «Bayer», «Manchester Siti».
Uchinchi savatcha:
«Shaxtyor», «Sevilya», «Lion», «Dinamo» (Kiev), «Olimpiakos», SSKA, «Galatasaray», «Roma».
To‘rtinchi savatcha:
BATE, «Borussiya» (M), «Volfsburg», «Dinamo» (Z), «Makkabi», «Gent», «Malme», «Astana».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.