Ananaviy juma kungi matbuot anjumanida ishtirok etgan Lui van Gal jamoaning bugungi holati xaqida aytib o‘tdi.
«Hozircha o‘zgarishlar yo‘q. Birgina Jonsning ahvoli ancha yaxshilanib bormoqda. U hozirda yugurush mashqlarida ishtirok etmoqda. Roxo? U jismoniy holatini tiklash ustida ishlamoqda».
«Shvaynshtayger asosiy tarkibda tushishga tayyormi? Ha, albatta. Bu buguning asosiy savoli. Balki ertaga buni barcha o‘z ko‘zi bilan ko‘rishi mumkin. Ishonch bilan aytamanki u yanada yaxshiroq o‘ynay oladi, agar futbolchining jismoniy holati yomon bo‘lsa u o‘z o‘yinini ko‘rsata olishi qiyin».
«Barcha ko‘rdi o‘tgan uchrashuvda jamoa vitse-kapitani Maykl Karrika o‘rniga tanafusdan so‘ng Shvaynshtayger tushganini. O‘ylashimcha bu yaxshi yechim – bunda biz futbolchilarning kuchlarini tejay olishimiz mumikin, bu bizga foyda berishi mumkin».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.