Янгиликлар /

Runi: Tez orada gol uraman

Мақола нашр қилинди

Ueyn Runi aytishicha tez orada jismoniy holatini to‘liq tiklab ko‘plab gollar urish niyatida. «Manchester Yunayted» jamoasining sardori ushbu mavsumda o‘tkazgan 3 ta o‘yinda biror marotaba ham gol ura olmadi.

«Men – to‘g‘ri odamman. Bilaman, «Aston Villa» ga qarshi uchrashuvda standartdan biroz past darajada to‘p surdim».

«Hozircha bu mavsumning boshlanishi holos, bor yo‘g‘i uchta o‘yin o‘tkazdik holos. Ko‘p marotaba tanqid qilishmoqda. Tushunib turibman, tez orada jamoam g‘alabasi uchun ko‘plab gol urishimga ishonaman».

«Memfis gol urishni boshladi. Futbolchilik faoliyatida xar qanday vaziyat kuzatiladi, ishonamanki dam olish kunlari bo‘ladigan uchrashuvlarda albatta gol uraman».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.