Янгиликлар /

Sky Sports: Mane «Yunayted» a'zosiga aylanadimi

Мақола нашр қилинди

Sky Sports va BBC Sport xabar berishicha «Manchester Yunayted» «Sautgempton» jamoasi xujumkor yarim himoyachisi Sado Mane transferi borasida rasmiy taklif bilan chiqqan.

23 yoshli senegallik futbolchi Premer Liga tarixidagi eng tezkor xet-trikni qayd etgan. «Aston Villa» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda futbolchiga 3 ta to‘p kiritish uchun 2 daqiqa 56 soniya yetarli bo‘lgan. «Yunayted» Pedro borasidagi muzokaralar samarasiz yakuniga yetgandan so‘ng asosiy e'tiborni ushbu futbolchiga qaratmoqda.

Mane o‘tgan mavsumda «Sautgempton» jamoasi safiga Avstriyaning «Red Bull» jamoasidan 11,8 million funt mablag‘ga kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi debyut mavsumida jamoasi tarkibida 30 uchrashuvda maydonga tushib 11 bora raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan va 4 bora golli uzatma amalga oshirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.