Янгиликлар /

Shou: Depay uchun xursandman

Мақола нашр қилинди

Lyuk Shou «Bryugge» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda jamoa g‘alabasiga katta hisgan qo‘shgan Memfis Depay borasidagi o‘z fikrlarini MUTV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Albatta, uning uchun juda xursandman. U mashg‘ulotlarda tinimsiz ishlamoqda va buning natijasi sifatida o‘zining dastlabki golini urdi. Ishonamanki bu boshlanishi holos».

«O‘ylashimcha u bilan munosabatlarimiz yaxshi kechmoqda. Biz bir qanotda bir birimizni yaxshi tushunmoqdamiz. Himoyada ham xujumda qo‘shilishimda ham menga yordam bermoqda».

«Javob uchrashuvida o‘zimizni yanada qulayoroq xis qilish uchun yana bir gol urishimiz lozim ekanligini tushunib turgan edik va biz bunga erishdik. Fellayn urgan gol juda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Endi biz javob uchrashuvini kutamiz».

 «Bryugge» jamoasiga qarshi o‘tgan uchrashuv Shouning Chempionlar Ligasidagi ilk o‘yini bo‘ldi bu borasida ham futbolchi o‘z xissiyotlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi.

«Hammasidan ajoyibligi  – uchrashuv boshidagi musiqa! Menga doimo ushbu gimn menga yoqqan. Men javob uchrashuvida ham g‘alaba qozonib Chempionlar Ligasining guruh bosqichida ishtirok etishni hohlayman. Ushbu musoboqa haqida ko‘p narsani bilaman va bir necha yildan buyon kuzatib kelaman – ushbu musobaqaning bir qismiga aylanish esa — ajoyib!».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.