Янгиликлар /

Vudvord Ispnaiyaga uchib ketgan

Мақола нашр қилинди

The Guardian va The Telegraph nashrlari xabar berishicha «Manchester Yunayted» ijrochi direktori Ed Vudvord kecha Pedro borasidagi muzokaralarni olib borish maqsadida Barselonaga uchib ketgan.

Xabarda aytilishicha Vudvorda Ispaniyada «Barselona» direktorlari Albert Solero va Raul Sanllex bilan uchrashuv belgilagan va bugun «Old Trafford» ga qaytadi hamda jamoa bilan rasmiy tushlikda ishtirok etadi. Bugun «Yunayted» yevropa chempionlar ligasidagi dastlabki uchrashuvini «Bryugge» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Vudvordning asosiy maqsadi Pedroning transferi uchun to‘lanadigan kompensatsiya borasida kelishuvga erishish. Katalon jamoasi bir necha bor futbolchini 30 million yevrodan kamga sotmoqchi emasligini aytgan edi. The Telegraph xabariga ko‘ra esa «Yunayted» futbolchi uchun 26 million yevro to‘lashga tayyor. The Guardian esa «qizil iblislar» futbolchi uchun 25 million yevro va qo‘shimcha 5 million yevro bonus mablag‘ to‘lash niyatida ekanligini xabar qilgan.

Shuningdek, futbolchiga «Siti» jamoasi ham qiziqish bildirgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.