Янгиликлар /

LVG: De Xea maydonga tushmaydi

Мақола нашр қилинди

Lui van Gal «Yunayted» darvozaboni David De Xea bilan yuzaga kelgan mojaro borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, darvozabon Angliya chempionati 1-turida maydonga tushmagan va 2-turda ham «Aston Villa»ga qarshi o‘ynamasligi aniq bo‘ldi.

«Darvozabonlar bo‘yicha murabbiy Frans Xuk De Xea bilan suhbatlashib oldi: «Maydonga tushishni istaysanmi?», deb so‘radi. De Xea esa «Yo‘q», deya javob bergan.

«Men qaror qabul qilishim lozim. Bu shunday jarayon. Biz mashg‘ulot vaqtida De Xeani kuzatdik. U avvalgidek kuchli o‘ynay olmayapti. Bu oldingi De Xea emas. U o‘tgan yili mening eng yaxshi futbolchim bo‘lgan edi, muxlislar esa qatorasiga ikki yil eng yaxshi deb tan oldilar».

«David bizning qarorimizga batamom qo‘shilmoqda. Mening yordamchilarim bor va bunday vaziyatlarni muhokama qilib boramiz. Men hyech bir ishni yolg‘iz o‘zim qilmayman».

«Hozir barchasi Serxio Romeroning sport formasiga bog‘liq. Vaziyat hamon ilgarigidek qolmoqda. De Xea o‘ynamaydi», — deydi van Gal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.