Янгиликлар /

Shvaynshtayger: 100% tayyor bo‘laman

Мақола нашр қилинди

Bastian Shvaynshtayger ishonch bilan kelasi haftagacha o‘zining jismoniy holatini yuqori darajasiga chiqishini aytib o‘tdi. Shuningdek futbolchi u «Old Trafford» da iliq kutib olishganidan xursand ekanligini ham yashirmadi.

«Hammasi yaxshi. Turne chog‘ida avvalgi jarohatimning asorati sabab 3-4 kun moslashish bahslarida ishtirok etdim. Hozirda esa o‘zimni ancha yaxshi his qilmoqdaman. Maydonda 30 daqiqa to‘p surganim men uchun foydali bo‘ldi. Jismoniy holatimni tiklab olish uchun mashg‘ulotlar menga foda bermoqda. Ishonamanki, kelgusi haftada 100% tayyor bo‘laman».

«Tottenxem»ga qarshi uchrashuvda zahiradan matsdonga tushgan Bastian Shvaynshtaygerni  «Old Trafford» da muhlislar iliq qarshi olishdi. Futbolchi bu borasida ham o‘z xissiyotlarini bildirib o‘tdi.

«Bu xech qachon esdan chiqmaydi. Barchasiga o‘zim guvoh bo‘ldim, buning uchun barcha muhlislarga rahmat aytmoqchiman. Muhimi biz o‘sha uchrashuvda muhim natijaga erishdik, biz mavsumni yaxshi o‘tishi uchun xarakat qilamiz».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.