Янгиликлар /

Skoulz: Futbolni juda sog‘indim

Мақола нашр қилинди

Britan OAV lari xabariga ko‘ra «Manchester Yunayted» sobiq futbolchisi Pol Skoulz tez orada yana futbolga qaytishi mumkin. Xabarda aytilishicha Skoulz tez orada murabbiylik faoliyatini boshlash niyatida.

2013 yil faoliyatini yakunlagan Skoulz hozirda ITV va BT Sport kanallarida ekspert bo‘lib ishlamoqda va shuningdek gazetada o‘zining avtorlik sahifalari bor.

Jurnalistlarga bergan intervyusida 40 yoshli ingliz futbolni juda ham sog‘inayotganini izhor etgan.

«Futbolni juda sog‘indim. Menga futbol ishlari bilan mashg‘ul bo‘lish uchun vaqt yetmayapti. Futbolning ichda bo‘lishni istayman, jamoani shug‘ullantirish yoki birga ular bilan futbol o‘ynash yoqimli».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.