Янгиликлар /

De Xea yangi shartnoma imzolash arafasida

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» Davida De Xea bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Ispaniyalik darvozaboning agenti Jorje Mendesh muzokara olib borish maqsadida kecha Karringtondagi bazaga tashrif buyurgan hamda Lui van Gal va jamoa rahbariyati bilan uchrashgan. Shuningdek David De Xea va uning oila a'zolari ham bazaga tashrif buyurishgan.

Darvozaboning amaldagi shartnomasi kelasi yi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Shu sababli jamoa ijrochi direktori  Ed Vudvord futbolchini jamoa tarkibida saqlab qolish niyatida. Xabarlar qilinishicha yangi shartnomaga ko‘ra futbolchi yiliga 4 million funt mablag‘ olishi ko‘zda tutilmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.