Янгиликлар /

Rasman De Xea yangi shartnoma imzoladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» rasman David De Xea bilan yangi 4+1 yillik shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Yangi  shartnomaga ko‘ra De Xea «Old Trafford»da 2019 yil yoziga qadar jamoada qoladi.

24 yoshli ispaniyalik darvozabon «Old Trafford» ga 2011 yilda madridning «Atletiko» jamoasida kelib qo‘shilgan edi. Shu kunga qadar darvozabon 175 ta uchrashuvda maydonga tushdi. 2013 yilda «Yunayted» tarkibida De Xea Angliya chempionlini qo‘lga kiritdi. Shuningdek so‘ngi ikki yilda jamoaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘ldi.

David yangi shartnoma borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: «Men  «Manchester Yunayted» safiada yangi sahifa boshlanganimdan xursandman. «Yunayted» — ajoyib jamoa, «Old Trafford» — esa men faoliyatimni davom ettirishim uchun va o‘sishga erishishim uchun mos jamoa. Mazkur yoz men uchun ancha qiyin kechdi. Endilikda bor kuch bilan ishlashda davom etib, jamoadaoshlarim bilan muvafaqqiyat qozonish niyatidaman».

Shuningdek Lui van Gal ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Men David yangi shartnoma imzolaganidan xursandman. U – jaxoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. David yana uzoq muddat jamoa a'zosi bo‘lib qolishidan mamnunman. U yosh darvozabon hisoblanadi va u yana ancha yillar mobaynida faoliyat olib bora oladi».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.