Янгиликлар /

«Old Trafford» da - 1 431 000 muhlis

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» Premer Liga jamoalari orasida uy uchrashuvlariga eng ko‘p muhlis tashrif buyurgan jamoa bo‘ldi.

Mutaxasisslar Yevropa jamoalari orasida o‘tgan mavsum asosida olib borilgan statistik tahlillar natijalarini e'lon qilishdi.

Lui van Gal boshqaruvidagi jamoa o‘yinini  tomosha qilish uchun «Old Trafford» stadioniga o‘rtacha xab bir o‘yinda 75 335 muhlis tashrif buyurgan. Bu Dortmundning «Borussiya» va Kataloniyaning «Barselona» jamoalaridan keyingi uchinchi ko‘rsatkichdir.

«Old Trafford» xozirda Angliyadagi eng katta stadionlardan biri hisoblanadi. 9 yil avval stadion o‘rindiqlari 75 000 gacha yetkazilgan edi. Rejaga ko‘ra stadion o‘rindiqlari 94 000 gacha ko‘payishi belgilangan.

Yevropaning kuchli top-10 ligi quyidagicha ko‘rinishda:

1. «Borussiya» (Dortmund) – umumiy tashriflar: 1 367 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 80 463 muhlis;
2. «Barselona» — umumiy tashriflar: 1 475 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:77 632 muhlis;
3. «Manchester Yunayted» — umumiy tashriflar: 1 431 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 75 335 muhlis;
4. «Real» (Madrid) — umumiy tashriflar: 1 388 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 73 081 muhlis;
5. «Bavariya» (Myunxen) — umumiy tashriflar: 1 239 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 72 882 muhlis;
6. «Shalke 04» — umumiy tashriflar: 1 046 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:61 578 muhlis;
7. «Arsenal» (London) — umumiy tashriflar: 1 079 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif: 59 992 muhlis;
8. «Gamburg» — umumiy tashriflar: 905 278 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:53 252 muhlis;
9. «Marsel» — umumiy tashriflar: 1 005 000 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:52 917 muhlis;
10. «Nyukasl» — umumiy tashriflar: 956 823 muhlis, har bir o‘yinga o‘rtacha tashrif:50 359 muhlis;

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.