Янгиликлар /

Sky Sports: Shou 9 oy maydonga tusha olmaydi

Мақола нашр қилинди

Sky Sports nashri xabar berishicha «Manchester Yunayted» himoyachisi Lyuku Shou shifoxonadan chiqib o‘z uyiga yo‘l olgan.

Angliya terma jamoasi a'zosi Chempionlar Ligasi musobaqasining guruh bosqichida  Gollandiyaning PSV jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvda (2-1) jarohat olgan.

Shou avval Gollandiyada ikki marotaba operatsiya qilindi va keyinchalik Manchesterdagi gospitalga joylashtirilgan edi.

Taxminlarga ko‘ra 20yoshli futbolchi to‘liq sog‘ayib ketishi uchun 9 oy zarur ekan. Futbolchining terma jamoa safida yevro-2016 da ishtirok etishi ham katta so‘roq ostida qolmoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.