Jaroxatdan qutilib sekin astalik bilan safga qaytayotgan Fil Jons Premer Liganing navbatdagi turida «Sanderlend» jamoasiga qarshi uchrashuvda zahiradan maydonga tushdi. 23 yoshli futbolchi yana safga qaytganidan xursand ekanligini yashirib o‘tirmadi.
«Mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi mashg‘ulotlarda biroz o‘zimni noqulay xis qildim va tezda maxsus tibbiy ko‘rikdan o‘tdim, natijada shifokor tromb borligini aniqladi».
«Xozirda salomatligim joyda faqat yana avvalgi jismoniy holatiga qaytishimga biroz vaqt bor».
«Yana maydonga qaytganimdan xursandman va tez orada hammasi o‘zgacha bo‘ladi!».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.