Lui van Gal Maykl Karrik, Ander Errera va Antonio Valensiya kechagi mashg‘ulotlarda ishtirok etamaganini tasdiqladi. Ushbu futbolchilar «Volfsburg» jamoasiga qarshi kechadigan bahsda maydonga tushishi so‘roq ostida turibti.
«O‘ylashimcha, Karrik «Volfsburg» ga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Errera va Valensiya o‘zlarini qanday xis qilayotganlgiga qaram bir qarorga kelamiz. Ularda kichik jarohat bor, biz tavakkal qilishni hohlamaymiz. Oldinda uzoq mavsum kutib turibdi, shunday ekan bitta uchrashuv uchun futbolchilarni jiddiy jarohat olishlarini istamayman».
Eslatib o‘tamiz kecha bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlar vaqtida jamoaning o‘rinbosarlar tarkibi a'zolari Djeyms Uir, Donald Lav, Djosh Xarrop va Gilermo Varela ham ishtiro etishgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.