Янгиликлар /

Batt jamoasi durang o‘ynadi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ning 19 yoshgacha bo‘lgan jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi yoshlar musobaqasining 2-turida «Volfsburg» jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Guruhning boqa vakillari SSKA va PSV jamoalari esa o‘zaro 0:0 durang natijani qayd etishdi.

Niki Batt boshchilikidagi jamoa birinchi bo‘limni ajoyib tarzda o‘tkazishdi. Xujumlarning birida raqib futbolchilari Markus Reshfordni jarima maydoni ichida yiqitishdi. Hakam tomonidan belgilangan penaltini jabirlanuvchining o‘zi aniq bajardi.

Ikkinchi bo‘limda esa o‘yin biroz tenglashdi. 61-daqiqada “bo‘rilar” yoshlari  darvozani ishg‘ol qilib, yakunda hisob 1:1 bo‘lishini ta’minlashdi.

«Manchester Yunayted» yoshlari 4 ochko jamg‘arib guruhda birinchi o‘rinda borishmoqda.

YunaytedHenderson; Warren, Tuanzebe, Williams, Borthwick-Jackson; McTominay (Scott 70), Redmond (Whelan 81); Gribbin (Kehinde 71), Fosu-Mensah, Dearnley; Rashford.

Zahira: Dorrington, Boonen, Whelan, Kenyon, Diedrick-Roberts.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.