Янгиликлар /

«Yunayted» va «Siti» bir vaqtda o‘yin o‘tkazadi

Мақола нашр қилинди

So‘ngi 6 yilda ilk bora «Yunayted» va «Siti» jamoalari bir vaqt o‘z stadionlarida o‘yin o‘tkazishlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa Manchester shahri Politsiyasiga katta mushkul tug‘dirishi mumkin.

Manchester Evening News nashri xabar berishicha Liga Kubogi navbatdagi bosqichi qura'asi natijasiga ko‘ra ikki jamoa ushbu bosyaichni o‘z maydonlarida o‘tkazishadi. 28 oktyabr kuni  «Yunayted» «Midlsbro» jamoasini qabul qilsa, «ko‘klar» «Kristal Pelas» jamoasini sinovdan o‘tkazishadi.

Ikki jamoadan biri o‘z o‘yinini bir kun avvalga surishga rozilik bermadi. Chunki ikki jamoa 25 oktyabr kuni o‘zaro Premer ligada o‘zaro bellashadilar.
Ushbu holat shahar ma'muriyatiga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. 130 000 nafar muhlisni tartibga solish borasida shahar ma'muriyati bosh qotirmoqda.

So‘ngi bor ikki jamoa 2009 yilda bir vaqtning o‘zida o‘z maydonlarida uchrashuv o‘tkazishgan. O‘shanda «Yunayted» Liga Kubogi uchrashuvida maydonga tushgan bo‘lsa, «Siti» UeFA Kubkogida uchrashuvda ishtirok etgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.