Янгиликлар /

Uilson yangi shrtnoma imzoladi

Мақола нашр қилинди

Jamoaning 19 yoshli xujumchisi Jeyms Uilson amaldagi shartnomasini 2019 yil oxirigacha va yana bir yilga uzaytirish sharti bilan imzoladi. Bu xaqida jamoaning rasmiy sayti xabar tarqtdi.

Uilson jamoaning akademiyasida faoliyatini boshlagan, aosiy tarkibda u 18 bor maydonga tushishga erishgan. Ilk bora 2014 yil may oyida «Xall Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvda debyutini o‘tkazib o‘sha uchrashuvda dubl qayd etgan.

Uilson yangi shartnoma borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Men 7 yoshimdan beri «Yunayted» daman, jamoa libosida xarakatlanishdan doim zavqlanaman. Mening o‘sishimga va ko‘plab tajriba ortirishimga jamoa katta yordam berdi. Jamoa bilang yangi shartnoma imzolaganimdan juda xursandman,  ishonamanki uzoq yillar davomida jamoaning bir qismi bo‘lib qolaman».

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.