Янгиликлар /

SAF yana «Old Trafford» ga qaytadi

Мақола нашр қилинди

14 noyabrda «Old Trafford» stadionida Buyuk Britaniya va Irlandiya afsonalaridan iborat terma jamoani hayriya uchrashuvi bo‘lib o‘tishi belgilandi.

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Buyuk Britaniya terma jamoasini murabbiy sifatida maydonga olib tushsa, Karlo Anchelotti Irlandiya afsonalari jamoasiga murabbiylik qiladi.

Ushbu uchrashuvga Devid Bekxem Buyuk Britaniya terma jamoasi sardori etib tayinlangan. Zayniddin Zidan raqib jamoasi sardori sifatida maydonga tushadi.

O‘yin hakami esa Italiyalik mashhur sobiq hakam Perluijji Kollina.

Uchrashuvga kirish kattalar uchun 20 funt bo‘lsa, 16 yoshgacha bo‘lganlar uchun esa 10 funt qilib belgilangan.

Uchrashuvdan tushadigan mablag‘ Unicef hayriya jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi.

Bilet bilan bog‘liq to‘liq ma’lumotni quyidagi saytdan bilib olish mumkin.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.