Янгиликлар /

Marsyal oyning eng yahshi futbolchisi

Мақола нашр қилинди

Sky Sports nashri xabar berishicha Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) «Manchester Yunayted» futbolchisi Antoni Marsyalni Premer Liganing sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deya e’lon qildi. G‘olib avgust-sentyabr oyida muhlislar tomonidan o‘tkazilgan so‘rov asosida aniqlandi.

So‘rovnoma final bosqichida Marsyal «Lester» yarim himoyachisi Riyad Marez va «Vest Xem» futbolchisi  Dimitri Pay shuningdek,  Bafetimbi Gomis («Suonsi»), Odiona Igalo («Uotford»), Vensan Kompani, David Silva («Siti»), Gratsiano Pelle («Sautgempton»), Djeymi Vardi («Lester»), Kallum Uilson («Bornmut»), Eshli Uillyams («Suonsi») larni ortta qoldirgan. 

19-yoshli futbolchi APL da ishtirok etgan o‘zining dastlabki 3 uchrashuvida 3 bora raqib darvozasini ishg‘ol qildi shuningdek, «Sanderlend» ga qarshi o‘tgan uchrashuvning eng yahshi futbolchisiga aylandi.

PFA versiyasi bo‘yicha oyning eng yaxshi futbolchilari:

Premer Liga: Antoni Marsyal, «Manchester Yunayted»;

Chempionship: Ross Uolles, «Sheffild Uensdey»;

Birinchi liga: Djordj Monker, «Kolchester Yunayted»;

Ikkinchi liga: Grem Keri, «Plimut Argayl».

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.