Янгиликлар /

Futbolchilar o‘z terma jamoalari tarkibida

Мақола нашр қилинди

 «Manchester Yunayted» jamoasining 16 nafar futbolchisi o‘z terma jamoalari safidaga yo‘l olishdi .

Bastian Shvaynshtayger Germaniya tarkibida Irlandiya va Guruziya terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Peddi MakNeyr Shimoliy Irlandiya terma jamoasining Yevro-2016 saralash bosqichi doirasida Gresiya va Filandiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarga jalb qilingan ro‘yhatga kiritilgan. Peddi xozirda term jamoa tarkibida Maykl O’Nil boshchiligida mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.  

Antoni Marsyal va Morgan Shnayderlin Fransiya terma jamoasi tarkibida «Alyans Rivera» stadionida Armeniya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishlari mumkin.

Janubiy Amerika qita’sida esa ChJ-2018 sarash bosqichi doirasida Argentina Ekvador terma jamoalari o‘zaro maydonga tushishadi. Ikki terma jamoa tarkibida ham «Manchester Yunayted» a’zolari  Antonio Valensiya va  Serxio Romero o‘zaro to‘qnash kelishlari mumkin. Ushbu uchrashuvga chaqiruv olgan futbolchilar orasida Markos Roxo ham bor edi, lekin futbolchi hozirda tiklanish mashg‘ulotlarida ishtirok etayotgani bois maydonga tushishi katta so‘roq ostida turibdi. Shuningdek Valensiya terma jamoasining Boliviya termasiga qarshi kechadigan uchrashuvda ham maydonga tushishi mumkin.  

Ueyn Runi, Maykl Karrik, Kris Smolling va Fil Djons Angliya terma jamoasi tarkibida Yevro-2016 saralash bosqichi o‘yinlariga xozirlik ko‘rishmoqda. Dastlab Angliya terma jamoasi «Uembli»da Estoniya termasi bilan uchrashuv o‘tkazilsa so‘ngra Litvada mehmon bo‘lishadi.

David De Xea va Xuan Mata ham Ispaniya terma jamoasi tarkibiga jalb qilindi. Terma jamoaning Luksemburg va Ukrainiya terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlarda maydonga tushish imoniyatiga egalar.

Italiyalik Matteo Darmian esa terma jamoasi tarkidiba Ozarbayjon va Norvegiya termalariga qarshi kechadigan uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Deyli Blind va Memfis Depaya Yevro-2016 saralash bosqichida qiyin ahvolda qolgan Gollandiya terma jamoasi tarkibida Qozog‘iston va Chexiya terma jamoalariga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga xozirlik ko‘rishmoqda. Gollandiya terma jamoasining Fransiyada bo‘ladigan Yevro-2016 ga chiqish imkoniyatlari bugungi kunda juda past baholanmoqda.

Belgiya terma jamoasi yetakchisi Maruan Fellayni jamoasi bilan Andorra va Isroil terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

 

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.