«Yunayted» hujumchisi Antoni Marsyal Fransiya terma jamoasi safiga borib qo‘shildi. Fransiya OAV lari futbolchidan qisqa intervyu olishga musharraf bo‘lishdi.
«Albatta Anri – afsonaviy o‘yinchi bo‘lgan, Angliya Premer Ligasida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatgan, lekin hozir bizlarni solishtir mumkin deb o‘ylamayman. Terri Anri – bu Terri Anri, men esa hal ko‘p narsani isbotlashim zarur. Albatta, men uning darajasiga yetish uchun xarakat qilaman, hozircha bundan ancha uzoqdaman».
Marsyal shuningdek transfer oynasi yopilishining so‘ngi kunlarida «Yunayted» jamoasiga qo‘shilganlig xaqida ham aytib o‘tdi.
«Menga avalroq menga xech qanday takliflar ko‘rib chiqilmasligi aytilgan va men «Monako» qolaman deb o‘ylagan edim. «Yunayted» dan taklif esa juda tezlik bilan sodir bo‘ldi. Men Chempionlar Ligasi uchrashuvlarida maydonga tushishni juda ham hohlar edim. Lui van Gal menga qo‘ng‘iroq qildi va onam bilan ham gaplashishga musharaf bo‘ldi. Manchesterga yetib bordim va biz o‘zaro ko‘p narsani muhokama qilik oldik va barchasi tezda hal bo‘ldi».
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.