«Manchester Yunayted» jamoasining sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson jamoaning sobiq futbolchisi va hozirda Lui van Gaalga yordamchilik qilayotgan Rayan Giggz haqidagi fikrlarini bildirdi.
«Agar Giggz o‘z futbolchilik faoliyatini 6 yoki 7 yil avval tugatganida edi, u hozir «MYu»ni boshqarayotgan bo‘lardi. Men o‘sha paytdayoq uni o‘zimga yordamchi qilib olgan bo‘lardim va u mendan keyin jamoada bosh murabbiy bo‘lib qolardi.
U menga munosib o‘rinbosar bo‘la olardi.
Lekin men futbolchilardan muddatidan oldin o‘z faoliyatini tugatishini so‘ramayman», deydi Fergyuson o‘zi haqida ishlangan hujjatli filmda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.