Янгиликлар /

SAF: Ularning bari buyuk bo‘lishgan

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson murabbiylik faoliyati davomida faqat to‘rt nafar haqiqiy kuchli futbolchisi bo‘lgani haqidagi gapiga izoh berdi.

«Bu holatda ham OAV mening gaplarimni to‘liq holatda keltirmayapti. Agarda «Manchester Yunayted» boshqaruvida o‘tkazgan 27 yillik faoliyatimga qarasak, bir qator fantastik va buyuk futbolchilarni ko‘rasiz. Men hech qachon ular orasidan birortasini buyuk bo‘lmagan demaganman, barchasi fantastik futbolchilar edi.

Ammo men ba’zi futbolchilar o‘yin taqdirini hal qila olish iqtidoriga ega bo‘lganini gapirganman, ular — Kantona, Skoulz, Gigz va Ronaldu. Krishtianu va Messi — dunyo darajasidagi ikki buyuk futbolchi.

Shunday ekan, men hech qachon futbolchilarimni «ahlat»ga chiqarmaganman. Ularning bari buyuk bo‘lishgan. Men aytgan to‘rt futbolchi hech qachon yolg‘iz o‘zlari o‘yinni yuta olmas edilar, buning uchun butun jamoaning mehnati kerak bo‘ladi», — deydi murabbiy.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.