Terma jamoasi tarkibida Finlandiyaga qarshi uchrashuvda «Yunayted» himoyachisi Peddi Makneyr jaroxat oldi hamda vaqtinchalik Xelsinkida qolishga majbur bo‘ldi. Bu haqida Sky Sports nashri xabar tarqatdi.
20 yoshli futbolchi Finlandiya va Shimoliy Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi Yevro-2016 saralash uchrashuvining 13-daqiqasida jarohat oldi va shu sababli 51-daqiqada zahiraga futbolchisiga almashtirildi.
Makneyr yakshanba kechqurun Finladiyadagi gospitalga yotqizilgan, ikki kun terma jamoa shifokorlari ko‘rigida bo‘lgan.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.