Янгиликлар /

Devid Bekxem: Meni faqat jamoa xo‘jayini sifatida ko‘rasiz

Мақола нашр қилинди

Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem kelgusida rejalashtirgan ishlari haqida aytib o‘tdi.

«Biz tashkiliy jihatlari va tuzilmasi «Manchester Yunayted»dagi kabi bo‘lgan jamoa tuzmoqchimiz. Menda sobiq futbolchi sifatida bu bo‘yicha tushuncha bor va umid qilamanki yangi futbol klubi egasi sifatida ham ishlay olaman. Biz hamkorlarimiz bilan birgalikda o‘z maqsadimizga erisha olishimizga ishonaman.

Men tuzilajak jamoaning murabbiyi va menejeri ishlariga aralashmayman. Shuningdek, jamoada qaysi futbolchilar o‘ynashiga ta’sir ko‘rsatmoqchi emasman.
Men murabbiyga futbolchilarni shug‘ullantirishda o‘z maslahatlarimni berib turishni ham rejalashtirmaganman. Meni faqat jamoa xo‘jayini sifatida ko‘rasiz.

Hozircha bu jamoaga nom topmadik, lekin «Mayami Vays», «Mayami Reds» va «Mayami Yunayted» variantlari taklif qilingan. Yaqin orada bir qarorga kelamiz», Devid Bekxem.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.