«MYu» jamoasining sobiq niderdandiyalik hujumchisi Robin van Persi va «MYu»ning yozgi transferlar vaqtidagi xaridi bo‘lmish boshqa bir niderlandiyalik yosh futbolchi Memfis Depay o‘rtasida kelishmovchilik kelib chiqqan.
Goal.com nashrida xabar qilinishicha, bu janjal Niderlandiya terma jamosining Yevropa chempionati saralashi doirasida Qozog‘istonga kechgan bahs oldidan bo‘lib o‘tgan. Bunga ushbu o‘yin arafasida van Persining o‘rniga Depay asosiy tarkibga kiritilgani sabab bo‘lgan.
«Biz futbolchilar bilan bu masala bo‘yicha gaplashib oldik. bu janjal mening qarorim bilan bog‘liq emas», deya bu vaziyatga munosabat bildirgan terma jamoa bosh murabbiyi Blind.
«Men van Persi yaxshi formada emasligi uchun uni o‘yin boshidan maydonga tushirmadim. U jarohatlaridan tuzalgan.
Van Persi o‘zini hozirda to‘la sog‘lom his qilmoqda. Lekin u Qozog‘istonga qarshi safar o‘yinida 90 daqiqa o‘ynay olmasdi. U Chexiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin, buni ertaga hal qilaman», deydi murabbiy.
«Men uni yuzinchi o‘yini uchungina maydonga tushirganim haqidagi gaplarda ham asos yo‘q», deya o‘z so‘zini tugatgan Blind.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «Fenerbahche» a’zosi hisoblanadigan van Persi Qozog‘istonga qarshi o‘yinning 87 daqiqasida zaxiradan maydonga tushgandi.
Ushbu uchrashuv van Persi uchun terma jamoa tarkibidagi 100-o‘yin edi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.