Maykl Karrik bosh murabbiy Lui van Galning taktikasini qo‘llashini aytib o‘tdi. Gollandiyalik murabbiy kam gol urilayotgan va tomoshabop bo‘lmagan o‘yinda ayblanayotgan edi.
«Biz asosiy maqsad g‘alaba ekanini aytyapmizmi? G‘alaba va sovrinlar kerakmi? Albatta hujumkor o‘yin kerak, ammo buni amalga oshirish har doim ham oson emas.
Ba’zan raqib o‘n kishi bo‘lib himoyalanadi va bunday vaqtda gol urish oson emas. Hozir taktikamiz biroz boshqacha ko‘rinishda. Odamlar har doim o‘tmish bilan solishtiradilar. Murabbiylar boshqa boshqa bo‘lgach, taktika ham farq qilishi turgan gap. O‘yin tabiati shunday o‘zi.
Bizning o‘yinimiz to‘pni nazorat qilishga qaratilgan. Ammo eng muhimi bu natija keltirmoqda. Van Gal juda ham konservativ deb o‘ylamayman. Unda shunchaki boshqacha qarashlar bor. Biz 1:0 hisobida g‘alaba qozonsak bo‘lgani, odamlarda taktikani muhokama qilish niyati darhol yo‘qoladi. Eng muhimi g‘alaba», — deydi Karrik.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.