Янгиликлар /

De Xea: «Myu» posboni ekanligim bilan faxrlanaman

Мақола нашр қилинди

David ESPN Deportes-kanalining Fuera De Juego teleshou dasturi mehmoni bo‘ldi va ushbu so‘zlarni ta’kidlab o‘tdi.

«O‘ylaymanki «MYu» bilan amaldagi shartnomamni uzaytirganim bu men uchun eng oqilona yo‘l edi buni juda ko‘p sabablari bor.

Men dunyoning eng mashhur jamoasi posboniman va jamoam muxlislari meni juda yaxshi ko‘rishadi agar ishonmasangiz «Old Trafford»ga borib muxlislar meni qanday qo‘llab quvvatlashini guvohi bo‘ling.

«Real» jamoasiga transferim amalga oshmaganidan hech ham afsuslanmayman agar ushbu transfer amalga oshirilganida hech o‘zimni kechira olmasdim.

Jamoamiz murabbiyi bilan hozir munosabatlarimiz avvalgidek a’lo darajada u menga yana avvalgidek ishonch bildirmoqda,men haqiqatdan ham baxtiyorman va «Myu» posboni ekanligim bilan faxrlanaman deydi», — deydi De Xea.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.