Янгиликлар /

LVG: Skoulzning jahli chiqib qolishi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal hujumkor futbol namoyish etilmayotgani haqida Pol Skoulz tomonidan qilingan tanqidga javob berib o‘tdi.

U o‘zi kinoya aralash bildirgan javobida jamoadagi «xodimlar armiyasi» o‘ziga ish qoldirmayotgani haqida aytib o‘tgan. Shu orqali o‘ziga juda ko‘p yordamchilar biriktirilganiga noroziligini bildirib o‘tgan.

«Men eski avlod murabbiyi bo‘lsam kerak. Men murabbiylikni boshlagan vaqtimda murabbiy jamoadagi asosiy va hal qiluvchi shaxs hisoblanar edi. Hozirda «MYu»da sport fanlari departamenti, skautlar departamenti, katta tibbiyot bo‘limi, menejer yordamchilari, murabbiy yordamchilari bor. Shunday ekan mening ish qilishimga hojat qolmayapti. Men shunchaki atrofni kuzatyapman. Umuman ish qilmasdan pul olayapman», deydi murabbiy The Telegraph nashriga.

«Men «Ayaks»da ishlagan vaqtimda jamoa bankrot bo‘lgan edi. Shu sababli bor e’tiborni yoshlarga qaratishga majbur bo‘lganman.

Biz Yari Litmanenni kuzatib bordik va uni 10 ming funt sterling evaziga sotib oldik. Keyin esa Nigeriya terma jamoasi futbolchisi Finidi Jorjni 3 ming funtga olganmiz. Men bu pulni o‘z cho‘ntagimdan to‘laganman! Keyin esa Mark Overmarsni sotib olganmiz.

Ammo hamma Klarens Zeedorf, Patrik Klyuyvert, Mixael Raysigerning nomini ham juda yaxshi biladi. Biz o‘shanda hujumkor futbol namoyish etib, barcha musobaqalarda g‘olib chiqqanmiz. Ammo bu haqida ko‘p gapirmaylik, aks holda janob Skoulzning jahli chiqib qolishi mumkin», deya kulgu bilan so‘zlarini yakunlaydi van Gaal.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.