Янгиликлар /

Mettyu Stott 3 yilga jazolandi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» himoyachisiRio Ferdinandga tashlanishgan uringan «Manchester Siti» muxlisi 21 yoshli MettyuStott yaqin uch yil ichida futbol o‘yinlarini stadiondan tomosha qilolmaydi. Robin van Persi hal qiluvchi uchinchi golni kiritishi bilan Stott maydonga tushibketgandi. Ishqiboz Ferdinand tomonga kelayotganida, uni «Siti» posboni Jo Xart to‘xtatibqolgandi. Stottning advokati Rebekka Kolfild Mettyu biroz pivo ichganini, himoyachiga tashlanishnioldindan rejalashtirmaganini va maydonga qanday qilib yugurib chiqqanini eslay olmasliginita’kidlagan. Uch yilga stadionlarga tashrif buyurishdan mahrum etilishdan tashqari,Stott yana 145 funt jarima to‘lashi va 120 soat jamoat ishlarida qatnashishi lozim.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.