Янгиликлар /

«Yunayted» Loran Blan bilan muzokaralarni boshladi

Мақола нашр қилинди

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi vakillari va muxlislari bosh murabbiyning ishidan qoniqishmayapti. Shuning uchun oxirgi paytda Lui van Galning egallab turgan kursisi qimirlab qolgan. Ayni damda «qizil iblislar» mutasaddilari gollandiyalik mutaxasisning o‘rniga boshqa nomzodlar qidirishni boshlab yuborishgan.

Daily Star nashrining xababr berishicha, mankunianliklar parijliklar ustozi Loran Blan bilan muzokaralarni boshlashgan. Ma’lum bo‘lishicha, «MYu» vakillari Fransiyalik murabbiyga yaxshigina shartnoma taklif qilishmoqda. Blanning o‘ziga esa mo‘maygina pul berishni vada qilishgan.

O‘z navbatida, «Manchester Yunayted» rahbarlari Loran Blanni mavsum oxirida van Galning o‘rniga taklif qilishmoqchi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.