Янгиликлар /

Marsyal - Dekabr oyidagi eng yaxshi futbolchi

Мақола нашр қилинди

Hujumchi Antoni Marsyal «Yunayted» tarkibida dekabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. Bu haqida klub matbuot xizmati xabar berdi.

Oyning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash uchun o‘tkazilgan so‘rovnomada Marsyal 69% ovoz to‘plab, ishonchli tarzda Kris Smolling va Deyli Blindni ortda qoldirgan.

Fransiyalik futbolchi 2015 yilning so‘nggi oyida o‘tkazilgan barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan va «Volfsburg» (2:3) va «Norvich»ga (1:2) qarshi bahslarda golga mualliflik qilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.