Янгиликлар /

Eden Azar uchun 100 million yevro!

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubi rahbariyati «Chelsi» jamoasi yarim himoyachisi Eden Azarni sotib olishga urinib ko‘radi. Bu haqida Daily Star nashri xabar tarqatdi.

Manbada aytilishicha, mankunianliklar belgiyalik futbolchi uchun 100 million yevrodan voz kechishga tayyorlar. 25 yoshli yarim himoyachi uchun kurashda «MYu» Madridning «Real» klubi bilan jiddiy raqobatchilik qilishiga to‘g‘ri keladi.

Qolaversa, o‘yinchining xizmatlariga «PSJ» hamda «Bavariya» jamoalari ham qiziqishmoqda.

Joriy mavsumda Azar Angliya chempionati hamda Chempionlar ligasi o‘yinlarida 25 marta maydonga tushib, 4ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.