Янгиликлар /

Azar, Lukaku, Gyundogan

Мақола нашр қилинди

Britaniyaning bir qator OAV lari «Manchester Yunayted» jamoasining qishki transfer oynasi vaqtida qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan futbolchilar xaqida ma'lumot bermoqda.

The Daily Star nashri xabariga ko‘ra «Yunayted» Garet Beylni o‘z tarkibiga jalb qila olmasa asosiy e'tiborni «Chelsi» yarim himoyachisi Eden Azarga qaratadi. Futbolchining transferi 65 mln. funt deya baholanmoqda. Jamoa Azarni qo‘lga kiritish uchun PSJ va «Bavariya» jamoalari bilan raqobatlashishi lozim. Belgiyalik futbolchi «Old Trafford»  da haftasiga 250 ming funt mablag‘ olishi taxmin qilinmoqda.

The Daily Mirror nashri xabarig ko‘ra esa «Yunayted» Romelu Lukaku borasida jiddiy ishlar olib borish niyatida. 22 yoshli futbolchini «Old Trafford» da to‘p surishi 40 mlnyu funt deya baholanmoqda.

The Daily Express esa «Yunayted» jamoasi «Borussiya» yarim himoyachisi Ilkay Gyundoganni qo‘lga kiritish uchun «Yuventus» bilan raqobatlashish lozmligini takidlamoqda.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.